Chad
Shior: Unité, Travail, Progrès (Fransuzcha: Unity, Work, Progress) |
|||||||||
Madhiya: La Tchadienne | |||||||||
Poytaxt | N'Jamena | ||||||||
Rasmiy til(lar) | |||||||||
Hukumat | Prezidentlik Respublika | ||||||||
|
|||||||||
|
|||||||||
Maydon | |||||||||
• Butun | 1,284,000 km² (21-) | ||||||||
• Suv (%) | |||||||||
Aholi | |||||||||
• 2002 roʻyxat | 9,826,419 (81- oʻrin) | ||||||||
• Zichlik | {{{aholi_zichlik}}}/km² | ||||||||
YaIM (XQT) | 2005- yil roʻyxati | ||||||||
• Butun | AQSh$17,730 mil. (116-) | ||||||||
• Jon boshiga | AQSh$1,804 | ||||||||
Pul birligi | CFA Franc (XAF ) |
||||||||
Vaqt Mintaqasi | (UTC) | ||||||||
• Yoz (DST) | |||||||||
Qisqartma | CD | ||||||||
Internet domeyn | .td | ||||||||
Telefon prefiksi | +235 |
||||||||
Chad (Chad Respublikasi) - Markaziy Afrikadagi davlat. BMT a'zosi. Poytaxti - Njamena.
Mundarija |
[tahrir] Ma`muriy bo`linishi
Mamlakat 14 ta prefekturaga bo`lingan. Eng katta shaharlari:
[tahrir] Aholi
Eng katta xalqlari: saralar va arablar (jami 200 etnik guruh istiqomat qiladi). Aholining 50%i musulmon, 30%i xristian, 20%i - butparast.
- 1977 — 4,16 mln. odam
- 2003 — 9,25 mln. odam
[tahrir] Tarix
O`rta asrlarda hozirgi Chad hududida Kanem davlati mavjud bo`lgan, unda musulmon tujjorlari o`z tadbirkorliklarini yuritishgan.
- XIX asr Rabbaxa mamlakati.
- 1900-1960 - fransuz mustamlakasi. 1900da Chad fransuz harbiy hududi, deb e`lon qilingan. 1910da Fransuz Ekvatorial Afrikasiga kirdi. 1914da Chad yana alohida mustamlakaga aylandi.
- 1958-1960 - mustaqillikka erishish. 1958 noyabrida mamlakat Fransuz hamkorligi doirasida cheklangan avtonomiyali respublikaga aylandi. Mustaqillik 1960 11 avgustda e`lon qilindi.
- 1960da mustaqillikka erishilgandan so`ng Chadda keyinchalik fuqarolik urushlarini keltirib chiqargan shimoliy arab musulmonlari va janubdagi afroxristianlar orasida qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Mamlakatning birinchi prezidenti Fransua Tombalbay bo`ldi (1975da harbiy to`ntarish paytida o`ldirilgan).
- 1960-1979 - hokimiyat tepasida janubliklar turishdi (keyinchalik esa - shimolliklar).
- 1990 - Liviya ko`magiga tayanuvchi Idris Debi diktaturasi.
- 2005 - Sudan bilan urush holati.
- 2006 13 aprel - O`zgarishlar uchun Birlashgan Front a`zolari poytaxtni shturm qilishga urinishdi. Inqilobchilar Sudan yordamida diktatorni ag`darib, demokratik saylovlar o`tkazishmoqchi edilar. Hukumat shturmni bosishga muvaffaq bo`ldi.
[tahrir] Jo`g`rofiya
Mamlakat hududida yirik Chad ko`li mavjud.
[tahrir] Siyosat
[tahrir] Ichki siyosat
Davlat boshlig`i - prezident, shuningdek qurolli kuchlar oliy bosh qo`mondoni vazifasini olgan. 2005 yil 6 iyundagi referendumda qabul qilingan Konstituciyaviy o`zgarishlarga ko`ra, prezident to`g`ri va yashirin ovoz berish orqali 5 yilga saylanadi va cheksiz marta qayta saylanashi mumkin.
Qonun chiqaruvchi organ - Milliy qurultoy. Tarkibi - 155 deputat, ular to`g`ri va yashirin ovoz berish orqali 4 yil mudddatga saylanadi. Bu saylovlar so`nggi marta 2002 yilda o`tkazilgandi. 2005 yilda qabul qilingan Konstituciyaviy o`zgartirishlar yuqori palata - Senatni bekor qildi.
Chadning ichki siyosiy hayoti afrikalik va arab etnik guruhlari orasidagi to`qnashuvlar bilan xarakterlanadi, respublikada bir necha aksilhukumat guruhlar mavjud. Mamlakat sharqida Sudanning Darfur viloyatidagi vaziyat ahvolni beqarorlashtiradi, natijada Chadga 200 ming darfurlik qochqinlar ko`chib kelishdi, bundan tashqari, Chad hududini darfurlik qo`zg`olonchilar o`zlarining bazasi,deb qabul qilishadi. Darfurda esa anchagina chadlik inqilobchilar yashirinishadi.
[tahrir] Tashqi siyosat
[tahrir] Iqtisodiyot
Chad Afrikaning eng qashshoq mamlakatlari sirasiga kiradi. Iqtisodiyot asosi - qishloq xo`jaligi (YaIM 40%i), yetakchi sohalar paxtachilik va qoramolchilik hisoblanadi. Boksitlar, uran, qo`rg`oshin konlari bor, neft topilgan.
2003da Doba neft konini Kamerunning Atlantika okeani bo`yidagi Kribi porti bilan bog`lovchi neft tarmog`i rasman ishga tushdi. Bu tarmoq xalqaro byudjet evaziga qurilib, tushajak daromadni faqatgina ijtimoiy sohaga sarfash majburiyati berilgan.
[tahrir] Sog`liqni saqlash
[tahrir] Madaniyat va ta`lim
[tahrir] Turizm
Bu maqola juda qisqa. |
|
Iltimos, maqolani kengaytiring. |